🔴 BAD OLIB KIRISH CHEGARASI 🔴
📦 Biologik faol qo‘shimchalarni (BAQ) olib kirish bo‘yicha cheklovlar
(har bir kategoriya uchun qat’iy hajm va miqdor chegaralari mavjud)
🧪 Kategoriya | Ruxsat etilgan miqdor | MUHIM |
1-kategoriya - Suyuq shakl (sirop, ekstrakt, efir moylari va boshqalar) | 10 dona flakongacha, har biri — maksimal 10 ml | 1 flakon = maksimal 10 ml. Ortiqcha hajm taqiqlangan. |
2-kategoriya -Kukun shakli | Faqat 1 dona qadoq, og‘irligi maksimal 500 g | 1 qadoq = maksimal 0.5 kg. Faqat bitta ruxsat etiladi. |
3-kategoriya - Tabletka | Faqat 1 dona qadoq, 100 ta tabletkagacha | Qat’iy 1 qadoq, maksimal 100 dona tabletka. |
4-kategoriya - Kapsula | Umumiy limit — maksimal 100 ta kapsula | Masalan: 1×100 yoki 4×25 bo‘lishi mumkin. Muhimi — 100 donadan oshmasligi. |
5-kategoriya - Quritilgan o‘simliklar, gullar, ildizlar | Faqat 1 dona qadoq, maksimal 500 g | Vazn yoki miqdor ortishi qat’iyan taqiqlanadi. |
⚠️ Diqqat: Har qanday kategoriya bo‘yicha miqdor yoki hajm ortishi bojxonada musodara qilinishiga yoki yetkazib berishda rad etilishiga olib kelishi mumkin.